15 noyabr kuni Zimbabve harbiy davlat töntarilişi amalga oşirildi va mamlakatning 93 yoşli prezidenti Robert Mugabe hokimiyatdan çetlatildi. U şu kungaça amaldagi davlat rahbarlari orasida yoşi eng kattasi edi. 

Quyida ön nafar eng keksa davlat rahbarlari sanaladi.

Foto: Reuters / Philimon Bulawayo

Robert Mugabe, 93 yoşda. U 1987 yilning 31 dekabrida Zimbabve prezidenti etib saylangan va şundan buyon özgarmasdan davlatni boşqarib kelmoqda edi. U 1990, 1996, 2002, 2008 va 2013 yillarda lavozimiga qayta saylangan.

Foto: Reuters / Mussa Qawasma

Yelizaveta Ikkinçi, 91 yoş. Qiroliça 1952 yilda otasi Georg VI örniga Buyuk Britaniya taxtiga ötirgan. Toj kiyiş marosimi 1953 yilning 2 iyunida bölib ötgan.

Foto: Reuters

Beji Kaid as-Sebsiy, 90 yoş. U 2014 yilning 31 dekabridan buyon Tunis prezidenti hisoblanadi.

Foto: AP / Aly Song

Kim Yon Nam, 89 yoş. 1998 yilning 5 sentabridan buyon KXDR Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi. Konstitutsiyaga köra mamlakatning oliy rahbari.

Foto: AP

Saboh al-Ahmad al-Jabr as-Saboh, 88 yoş. U 2006 yilning 24 yanvarida, amir Jabr al-Ahmad al-Jabr as-Sabohning vafotidan keyin, uning valiahdi, 75 yoşli şahzoda Saad al-Abdulla as-Salom as-Saboh taxtdan voz keçişi tufayli Kuvayt amiriga aylangan.