Afrikaning Zimbabve davlati prezidenti Robert Mugabe harbiylar tomonidan hibsga olinganidan söng, bugun 16 noyabr kuni matbuot anjumani beradi. U har ehtimolga köra, vitse-prezident foydasiga hokimiyatdan voz keçadi. Armiya rahbariyati esa, özlarining harakati davlat töntarişi emasligini, balki mamlakat siyosiy tizimini tozalaşga uriniş ekanini ta'kidlamoqda. Ammo Hararadagi voqealar qanday baholanişidan qat'i nazar Afrikaning “diktator” rahbarlaridan birining 40 yillik boşqaruviga çek qöyadi.

Bir haftalar avval Zimbabvening umri oxirigaça hukmdori sanalgan 93 yoşli Robert Mugabe davri şunday qilib poyoniga yetmoqda. Afrika davlati prezidenti bir guruh harbiylarning til biriktirişi oqibatida hokimiyatdan çetlaştirilmoqda. Harbiylar orasida esa, bir guruh oliy generalitet vakillari ham bor.
Hozirda Robert Mugabe uy qamoğida saqlanmoqda. Uning özi bu haqda JAR yetakçisi Jyeyob Zumaga ma'lum qilgan, deb xabar qilmoqda News 24. Mugabe «yaxşi holatda» ekanini aytgan.
Avvalroq, mamlakat harbiylari Robert Mugabeni hibsga olganini bildirgan va «mamlakatdagi vaziyat boşqa holatga ötganini» e'lon qildi. General-mayor Sibusiso Moyoning bayonotiga binoan, prezidentga heç narsa tahdid solayotgani yöq. Gap davlat töntarişi haqida emas, hukmron Zanu-PF partiyasi saflarini «tozalaş» haqida bormoqda. Biroq ofitserlar hibsga oliş arafasida ançagina qat'iyat bilan harakat qilişgan edi.

Zimbabve poytaxtida otişmalar röy berdi. Şahar köçalarida zirhli texnikalarni köriş mumkin edi. Xabarlarga köra, Mugabe örnini mamlakat vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva egallaşi kerak. U mamlakat yuqori doiralarida eng obröli siyosatçilardan biri hisoblanadi. Mnangagva uzoq vaqt mobaynida hukmron partiyaning közga köringan arboblaridan biri bölib keldi. U mustamlakaçilikka qarşi uruş vaqtida partizanlar safida kuraş olib borgan va qamoqqa tuşgaç, qiynoqlarga solingan. Şu jihati ham borki, siyosatçining özi ham ança qattiqqölligi bilan maşhur bölib, «Timsoh» laqabi bilan ataladi.
Britaniyaning The Daily Mail naşrining yozişiça, 1980-yillarda Mnangagva etnik kamçiliklarning qözğolonini vahşiylarça bostirgan. Bunda qözğolonçilarga qarşi amaliyotlarda iştirok etgan maxsus bölinmalarni KXDR harbiylari tayyorlagan. Mugabe yetakçiligidagi Afrika millatçilari ğalaba qozonganidan söng, uning safdoşi mamlakatda turli lavozimlarni egallagan, hatto mudofaa vaziri ham bölgan.


















