Yurtimiz kundan-kun çiroy oçib, körkamlaşib bormoqda. Qayerga qaramaylik, yangi quriliş, zamonaviy imoratlar, haşamatli restoranlar... Bularning bari közingizni quvnatadi. Şu örinda bir narsa meni doim qiziqtiradi. Ahamiyat bergan bölsangiz, sönggi vaqtlarda klassik uslubni saqlab qolgan holda muhtaşam saroyni eslatuvçi binolar barpo qiliş urfga kirdi.

Xöş, bunday gözal binolarni quriş osonmi? Ularni mukammal körinişga keltiriş uçun ustalar qanday mahsulotlardan foydalanadi? Özbekistonda sifatli va sinalgan moldinglar, böyoqlarni işlab çiqaruvçi kompaniya mavjudmi?

Foto: DEKO’ART

Bugungi maqola orqali oz bölsa-da, yuqoridagi savollarga javob topişga harakat qilamiz. Dastavval, molding hamda qoplamalarni nima uçun zarur ekanligini bilib olamiz.

Moldinglar – qavariq şakldagi dekorativ qismlar. Asosan, yuza qismlarni bezaş uçun işlatiladi: devorlar, şiftlar, toşlar, arklar va boşqa qismlarga yanada joziba, çiroy beriş uçun işlatiladi.

Dekorativ qoplamalar – bino devorlariga estetik çiroy beruvçi, hamda devorlarni taşqi tasirlardan himoyalovçi material.

Foto: DEKO’ART

Özbekistonda esa aynan şu mahsulotlarni işlab çiqaruvçi va hattoki, qöşni mamlakatlarga eksport qiluvçi milliy kompaniya faoliyat yuritar ekan. Biz ularning faoliyati bilan yaqindan tanişiş uçun kompaniya boş idorasiga taşrif buyurdik.

Foto: DEKO’ART

2013 yilda öz işini boşlagan “MARJON MOLDINGS” kompaniyasi “DEKO’ART” brendi ostida öz mijozlariga uy-joylar, ofislar, ulkan imoratlar uçun turli xildagi rangli böyoqlar, bino fasadi va içki yuzalari uçun dekorativ qoplamalar, italiyança uslub qoplama hamda fasad moldinglarini taqdim etadi. Kompaniya özining sifat nazorat laboratoriyasida uzluksiz maxsulotlarining sifatini sinovdan ötkazib turadi. Şuningdek, maxsus sifat nazorat tizimiga ham ega.