2017 yilning 10 noyabr kuni fuqaro A. Toşkent şahar IIBBga ariza bilan murojaat qilib, “Bekzod” ismli şaxs joriy yilning avgust oyidan buyon unga qönğiroq qilib, turmuşga çiqayotgan qizini şarmanda qiluvçi uydirmalar bilan töyini buzişini aytgan. Tovlamaçi bu sirni saqlaş evaziga 12000 AQŞ dollarini talab qilayotganligini ma'lum qilgan. 
  
Fuqaro A.ning murojaatiga asosan Toşkent ŞIIBB Jinoyat qidiruv Boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-tadbir amalga oşirilib, Rahimov Bekzod Davirquloviç 2017 yilning 10 noyabr kuni Mirobod tumani 2-tor Katta Mirobod köçasida A.dan 3000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik, ya'ni jabrlanuvçi va uning yaqin kişilari uçun sir saqlanişi lozim bölgan ma'lumotlarni oşkor qiliş bilan qörqitib, özgadan mulkni topşirişni talab qiliş, jabrlanuvçini öz mulkini berişga majbur qiladigan şaroitga solib qöyiş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatildi. Rahimovga nisbatan “şaxsiy kafillik” ehtiyot çorasi qöllanilgan. 

Şu munosabat bilan Toşkent ŞIIBB suratdagi şaxsning tovlamaçiligidan jabr körgan bölsa, içki işlar idoralariga yoki “102” qisqa raqami orqali murojaat qilişni söraydi.