Xitoyning Xubey viloyatidagi Uxan şahrida yaşovçi fuqarolar endi yonlarida pasport olib yurmasliklari mumkin. Bunda ularga şaxslarini tasdiqlovçi raqamli hujjatni taqdim qiliş uçun telefon va mobil dastur kifoya qiladi. Bu hujjat yaqinda politsiyada ham qabul qilina boşlanadi, deb xabar bermoqda China Daily.

Xitoy jamoat xavfsizligi byurosi Uxan şahrida şaxsni aniqlaş uçun mobil dasturni işga tuşirdi. Dasturda Xitoyda amal qiluvçi barça 8 hujjatning raqamli variantini oliş mumkin, bular: şaxsni tasdiqlovçi standart hujjat, milliy pasport, Hongkong va Makaoga kirişga ruxsat beruvçi hujjat, Xitoyning qit'adagi qismida yaşovçilar hujjati, Tayvandan çiqiş uçun hujjat, uy xöjaliklarini röyxatdan ötkaziş hujjati, yaşaş uçun ruxsat beruvçi hujjat va haydovçilik guvohnomasi. Foydalanuvçi dasturda röyxatdan ötiş uçun ismini, amaldagi pasporti va telefoni raqamlarini kiritişi va söngra biometrik ma'lumotlarni yiğiş uçun yuzni taniş jarayonidan ötişi kerak.

Uxan Xitoyda elektron identifikatorlar kiritilgan birinçi şahardir. Mahalliy röyxatga oliş byurosi zobiti Ley Tszining aytişiça, avgustdan beri uşbu dasturdan 42 mingdan köproq odam foydalangan. Ulardan aksariyatini, ya'ni 70 foizini talabalar taşkil qiladi.

Uxanga Xitoyning boşqa yerlaridan köçib keluvçilar yangi dastur orqali propiskalarini özgartirişlari mumkin. Xitoyning boşqa joylarida buning uçun jamoat xavfsizligi byurosiga pasport bilan şaxsan keliş talab etiladi. Dasturni şuningdek haydovçilik guvohnomalarini olişda, mehmonxonada röyxatdan ötişda va binoga kirişga ruxsat sifatida qöllaş mumkin. 

Xitoy yaqin orada yirik şaharlaridan birida xodimlar bölmagan politsiya bölimi oçilişini e'lon qildi. Bölimda haydovçilik guvohnomasiga imtihon topşiriş, pasport olişga ariza beriş va boşqa xizmatlardan foydalaniş mumkin böladi.