«Mançester Yunayted» hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç, Şvetsiya terma jamoasi bilan Rossiyada ötadigan jahon çempionatiga kelişi mumkin.

A Bola xabariga köra, futbolçi milliy terma jamoa safiga qaytiş haqida jiddiy öylamoqda.

Ayni paytda, 36 yoşli Ibrahimoviç oğir jarohatidan tiklaniş jarayonini yakunlayapti va dekabr oyida maydonga qaytişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Zlatan Şvetsiya terma jamoasi safida 2001-2016 yillar davomida töp surgan va 116 öyinda 62ta gol urgan.