Harbiylar rejalariga köra Zimbabveda mamlakat prezidenti Robert Mugabe tomonidan öz lavozimidan böşatilgan, biroq harbiy töntaruv natijasida hokimiyat tepasiga yana qaytgan vitse-prezident Emmerson Mnangagva mamlakatni 5 yil boşqaradigan ötiş hukumatini şakllantiradi. Bu haqda mahalliy Financial Gazette naşri yuqori lavozimli mansabdor şaxslarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Mugabe qattiqqölligi uçun “Timsoh” laqabini olgan Mnangagvani iste'foga ketkazgandan keyin vaziyatga harbiylar aralaşib, mamlakat poytaxti Xararedagi telemarkaz va prezident Mugabe qarorgohi ustidan nazoratni qölga olişgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, Mugabe uy qamoğida uşlab turilibdi, uning rafiqasi Greys Mugabe mamlakatdan qoçib ketgan.

Naşr ma'lumotlariga köra, ötiş hukumati tarkibiga muxolifat vakillari kiradi. Harbiylar rejalariga köra, Zimbabveda umumiy saylovlar faqat 5 yildan keyingina bölib ötadi.

Ta'kidlanişiça, 16 noyabrda Mugabe armiya vakillari bilan uçraşgan. “Frans Press” axborot agentligi Zimbabve qurolli kuçlaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda uçraşuv yakuniga köra prezident iste'foga ketişdan boş tortganini ma'lum qilgan. Harare24 yangiliklar portalining ma'lum qilişiça, Mugabe va harbiylar kelişuvga kelganlar: Mugabe öz oilasi xavfsizligi evaziga hukmron ZANU PF partiyasining kongressidan keyin dekabrda iste'foga ketişga rozi bölgan.

Financial Gazette’ning yozişiça, agar Mugabe iste'foga ketişdan boş tortsa, harbiylar parlamentga prezidentga işonç bildiriş masalasini olib çiqişadi yoki konstitutsiyaga amal qilmaslik ayblovi bilan impiçment jarayonini boşlaşadi.

93 yoşli Mugabe noyabr boşida özining ehtimoliy vorisi hisoblangan va armiya tomondan qöllab-quvvatlangan Mnangagvani iste'foga çiqarişga qaror qilgan. 13 noyabrda armiya boş ştabi boşliği Konstantin Çivenga Mugabeni ZANU PF partiyasi safini tozalaşni bas qilişga çaqirgan.

Mnangagva mustaqil Zimbabvening birinçi hukumati tarkibida davlat xavfsizligi vaziri lavozimini egallab kelgan. Vitse-prezident lavozimiga esa 2014 yil tayinlangan. Aynan öşanda hukmron partiyada Mugabedan keyin hokimiyat kimga ötişi böyiça ziddiyat vujudga kelgan: partiyaning bir qism a'zolari Mnangagvani, bir qismi esa prezidentning rafiqasi Greys Mugabeni qöllab-quvvatlaşgan.