Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripovning Germaniyaga rasmiy taşrifi doirasida “Özavtosanoat” AK va Volkswagen AG konserni örtasida JV MAN Auto-Uzbekistan qöşma korxonasida Volkswagen Amarok pikaplarini işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişildi. Loyiha 2018-2019 yillarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
JV MAN Auto-Uzbekistan Markaziy Osiyodagi MAN rusumidagi yuk va yölovçi taşişga ixtisoslaşgan transport vositalari işlab çiqaruvçi korxona hisoblanadi. 2009 yilning avgust oyida taşkil etilgan kompaniya Samarqand viloyatida joylaşgan.

JV MAN Auto-Uzbekistan Özbekiston — Germaniya qöşma korxonasi hozirda 15 tonnadan 50 tonnagaça yuk kötariş quvvatiga ega zamonaviy MAN tijorat avtotransport vositalarini işlab çiqarmoqda. Kompaniya, şuningdek, avtobuslar, yuk, beton qoruvçi, suv taşişga ixtisoslaşgan maşinalar kabi 50 turdagi maxsus texnikalarni işlab çiqaradi.

Boş qarorgohi Germaniyaning Volfsburg şahrida joylaşgan Volkswagen AG dunyodagi yetakçi yirik avtomobilsozlik konsernlaridan biri sanaladi. Kompaniya 2016 yilda dunyo böyiça 10,3 milliontadan köproq avtomobil sotgan.

Kontsern dunyoga maşhur 20 brendni özida birlaştirgan: Volkswagen, Audi, Seat, Skoda, Bentley, Bugatti, Lamborghini, Porsche, Ducati, Scania va MAN şular sirasidandir.
Kontsernning modellar qatori mototsikllardan tortib, arzon narxlardagi ixçam va haşamatli avtomobillar, avtobuslar va oğir yuk maşinalarini qamrab olgan.

Volkswagen Amarok örta ölçamdagi pikap bölib, özida yuqori aniqlikdagi boşqaruvçanlik, katta yuk kötaruvçanlik jihatlari, 4MOTION töliq privodli tizim, 8 poğonali uzatmalar qutisi va uşbu toifadagi maşinalar uçun eng kuçli 3 litrli V6 TDI dvigatelini mujassamlaştirgan.












