Homiladorlik vaqtida elektron sigaretalar çekiş homilaning oğiz böşliği va yuz şaklining tuğma buzilişi bilan dunyoga kelişiga sabab bölişi mumkin. Virjiniya hamdöstligi universiteti olimlarining Medical Xpress portalida e'lon qilingan tadqiqot hisobotida şu haqda söz yuritilgan.

Tadqiqot çoğida homila rivojlanişi insonlarnikiga öxşaş bölgan baqalarning homilasidan hamda sut emizuvçilarning yuz-jağ hamda boş suyagi şakllanişida faol qatnaşadigan miya tolalari hujayralari namunalaridan foydalanilgan.  Olimlar nikotin, propilen, glikol, ösimlik glitserini va boşqa turli hid beruvçi birikmalardan iborat      çekiladigan aralaşmani qizdirib, tutunni şpritsga tortişgan va uni homilalar solingan fiziologik suyuqlikka qöşişgan. 

Şu tajribadan söng 75 foiz baqa homilasida yuz-jağ nuqsoni aniqlangan. Uning aksariyatida oğiz böşliği qismida kengayiş bilan yuz bergan. Ayrimlarining yuzlari kiçrayib ketgan. Bunda suyuqlikda nikotin bölmasa ham salbiy oqibatlar yuzaga çiqavergan. 

Tadqiqot mualliflari çekişning inson tanasining ma'lum bir qismiga ta'sir qiliş mexanizmini aniqlaş maqsadida bu tajribani davom ettiriş niyatida. 

Avvalroq, şvetsiyalik şifokorlar elektron sigaretalarni uzoq vaqt çekiş yurak va qon-tomir muammolarining rivojlaniş ehtimolini kuçaytirişini ma'lum qilgan edi. Çunki elektron sigaretalardagi buğlaniş qon tomirlarni egiluvçanligini kamaytiradi.