2017 yilning 11 noyabr kuni taxminan soat 22:00larda, O.X. va A.A. özganing mulkini oçiqdan-oçiq ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Çilonzor tumani, Arnasoy köçasida joylaşgan köp qavatli uyning yonida fuqaro T.I.ning soğligi uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, uning yonidagi bahosi 300 AQŞ dollari bölgan "IPhone-6" uyali telefoni, bahosi 200 AQŞ dollari bölgan kurtkasi hamda 150.000 söm pullarini egallab olganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonçilik, ya'ni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.











