19 noyabr - Ayollar tadbirkorligi kuni sifatida dunyoning 144 mamlakatida keng nişonlanadi. Taşabbusning maqsadi ayollarga iqtisodiy jarayonlarda iştirok etiş imkonini beriş, yetakçi, ixtiroçi, yangilikka intiluvçi va tadbirkor ayollar hamjamiyatini taşkil etiş, iqtisodiy ösiş va yangi ğoyalarni hayotga tatbiq etişdir.
“Tadbirkor ayol” Özbekiston işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi 2016 yildan şu taşabbusga qöşilib, mana ikkinçi yil, ayollar tadbirkorligi imkoniyatlari, mamlakatda bu harakatning jadal rivoji, ularning mustaqil va iqtisodiy jihatdan erkin böla olişlari, özlariga yangi imkoniyatlar oçib, muvaffaqiyatli va baxtli böla olişlarini namoyiş etiş maqsadida tadbirkor ayollar va keng jamoatçilik vakillari iştirokida tadbir ötkazmoqda.
2017 yil 18 noyabr kuni Toşkent şahrida joylaşgan WYNDHAM mehmonxonasida «Özbekiston iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligining örni va rivojlaniş istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya va poytaxtdagi “Zarafşon” kinokonsert zalida uyuşma tomonidan e'lon qilingan tanlov nominatsiyalari ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötadi.
Ma'lumot örnida: uşbu tadbirlar 19 noyabr kuni butun dunyoda BMT şafeligida Ayollar tadbirkorligi kuni keng nişonlanişi munosabati bilan taşkil etilmoqda.










