Toşkentning «Paxtakor» klubi yarimhimoyaçisi Jamşid Iskanderov Eronning «Sepohon» jamoasiga ötişi mumkin, deb yozmoqda SA.

Manba bergan xabarga köra, Eron klubi özbekistonlik futbolçiga jiddiy qiziqiş bildirmoqda. Iskanderovning vakillari «Sepohon» bilan muzokaralarga kirişgan.

FIFAning transferlarni rasmiylaştiriş qoidalariga köra, futbolçining klub bilan şartnomasi tugaşiga 6 oydan kam vaqt qolgan bölsa, u boşqa jamoa bilan mustaqil muzokaralarga kirişişi va şartnoma imzolaşi mumkin.

Ma'lumot uçun, Iskanderovning «Paxtakor» bilan tuzgan amaldagi şartnomasi yil söngida öz nihoyasiga yetadi.