AQŞda ayni damda 4K ölçamdagi teledasturlar va filmlar striming servislari hamda talabga köra video taqdim etuvçi xizmatlar tomonidan namoyiş etiladi. Biroq Qöşma Ştatlar Federal agentligi (FCC) qaroriga köra, teleuzatuvçilar endi dasturlarni öta yuqori  kenglikda körsatişlari mumkin. 

Engadget’ning xabar berişiça, FCC yangi qoidalar qabul qilib, ular kompaniyalarga köngilli asosda keyingi avloddagi (ATSC 3.0) televizion uzatiş standartini qöllaş imkonini beradi. 

Tomoşabinlarga mahsulotni 4K-sifatda oliş imkonini beruvçi texnologiyalar köp yillar davomida işlab çiqildi. FCC yangi qoidalari teleuzatuvçilarga dasturlarni çastotasi 6 MGts bölgan kanallar böyiça yangi şaklda körsatiş imkonini taqdim etadi.

Keyingi avloddagi TV standartiga ötişni yengillaştiriş va jamoatçilik manfaatini hisobga oliş uçun, agentlik bir neça talablarni örnatdi. ATSC 3.0’ga ötiş istagida bölgan uzatuvçilar mahalliy telestansiyalar bilan hamkorlik qilişi kerak. Şuningdek, mijozlar özgarişlardan avvalroq xabardor etiladi.