17 noyabrda Argentinadagi yomon ob-havo şaroiti mamlakat prezidenti Maurisio Makri va uning oila a'zolari bölgan vertolyotning favqulodda qönişiga sabab böldi. Bu haqda Telam axborot agentligi xabar bermoqda.
Makri oilasi bilan Mar-del-Platadan Çapadmalal aholi punktidagi qarorgohiga dam oliş kunlarini ötkazgani yönalayotgan bölgan.
Aeroportgaça 10 daqiqalik yöl qolganda uçuvçilar momaqaldiroq va kuçli şamol tufayli dalaga şoşilinç qönişga majbur bölganlar. Makri va uning oilasi ortidan darhol kortej yuborilgan va ular belgilangan manzilga maşinada yetib olişgan.
Argentina harbiy-dengiz kuçlariga tegişli suv osti kemasi yöqolib qolgani ma'lum bölgandan keyin Makri safarini bekor qilmaslikka va vaziyat ortidan Çapadmalaldan kuzatişga qaror qilgan.
Eslatib ötamiz, Janubiy Amerika sohillari yaqinida Argentina harbiy-dengiz kuçlariga qaraşli “San-Xuan” suv osti kemasi yöqolib qoldi. Ta'kidlanişiça, ekipaji 44 kişidan iborat suv osti kemasi 15 noyabrdan beri aloqaga çiqmayapti.











