Öta oğir vazn toifasida sobiq jahon çempioni, britaniyalik boksçi Tayson Fyuri ijtimoiy tarmoqlarda öz muxlislariga uning keyingi jangi uçun raqib tanlab berişni taklif qildi.
“Mening keyingi qurbonim kim bölişi kerak?”, deb yuzlangan Fyuri muxlislariga va 4 variant keltirgan: Manuel Çarr va Aleksandr Ustinov jangi ğolibi, Şennon Briggs, Devid Prays yoki Aleksandr Povetkin.
Ayni vaqtda katta ustunlik bilan Şennon Briggsga ovoz berilgan. Qiziği, sentabrda Briggsning özi Fyuriga jang ötkazişni taklif qilgandi.
“Tayson Fyuri bilan uçraşsak nima böladi? Jangdan oldingi sirkdan yaxşiroği biz ringda uyuştiradigan uruş böladi. Siz meni aqldan ozib qolgan deb öylayotgan bölsangiz kerak, biroq men jiddiy aytmoqdaman. Bu jangda hakamlardan köra psixiatrlar köproq kerak böladi”, deb aytgandi Şennon.
Fyuri professional ringda 25 ta jang ötkazib, barçasida ğalaba qozongan. U 2015 yil kuzida ukrainalik boksçi Vladimir Kliçnoni mağlub etib, jahon çempioni bölgandi. Biroq keyin Fyuri revanş ötkazişdan boş tortgan va kokain iste'mol qilişda uşlanib, diskvalifitsiya qilingan edi.
Fyuri ringga keyingi yil bahorida qaytmoqçi.












