Zimbabveda 15 noyabr kungi davlat töntarişidan keyin hokimiyatdan çetlatilgan Robert Mugabe bugun, 17 noyabr kuni ilk bor omma uçun köriniş berdi. U yuqori martabali harbiy amaldorlar va JAR vakillarini öz qarorgohida qabul qilgan. Uning özini ağdargan harbiylarni yuzida tabassum bilan qarşilaşi tasvirlangan suratlar The Herald gazetasi va ZBC davlat teleradiokompaniyasi tomonidan namoyiş etildi.
Qabulda Zimbabve Qurolli kuçlari boşliği, 15 noyabr kuni armiyani poytaxt Xararega boşlagan general Konstantino Guvey Çivenga, Mudofaa vaziri Sidney Sekerameyi, Xavfsizlik işlari vaziri Kembo Moxadi, prezidentning matbuot kotibi Jorj Çaramba, şuningdek Janubiy Afrika Respublikasi emissarlari — mamlakat mudofaa vaziri Nosivive Mapisa-Nkakula, Janubiy Afrika Respublikasi Xavfsizlik işlari vaziri Bongani Bongo va boşqalar ham bölişgan.
Bundan taşqari, uçraşuvda katolik ruhoniysi, Mugabe va armiya boşliqlari örtasida vositaçilik qilayotgan Fidelis Mukonori ham bölgan.



Robert Mugabe Harare şahridagi universitetda taşkil etilgan marosimga taşrif buyurdi.
Uning marosim oçilişidagi nutqi ommaviy salbiy hayqiriqlar bilan kutib olingan.


Eslatib ötamiz, harbiylar Zimbabveda 15 noyabr kuni hokimiyatni öz qöllariga olişdi. Mamlakatni 1980 yildan buyon boşqarib kelgan prezident uy qamoğiga taşlandi. Armiya poytaxtga kiriboq, ZBC davlat teleradiokompaniyasini egallagandi.
Davlat töntarişi şu oy boşida Mugabe öz örinbosari vitse-prezident Emmerson Mnangagvani iste'foga çiqarişi ortidan röy berdi. Prezident bu bilan hokimiyatni unga emas, öz rafiqasi Greysi Mugabega qoldirmoqçiligini bildirgandi. Ammo armiya vakillari Mnangagvani qöllaşdi. Çivenga prezidentga ultimatum qöyib, partiyada tozalaş işlari olib borişni töxtatişni, öz atrofidagi inqilobga qarşi kuçlardan voz keçişni, partiya vakillari uçun teng huquqlilik yaratişni talab qilgandi.












