Kaliforniyada Tesla kompaniyasining birdaniga ikkita yangiligi taqdimoti ötkazildi – Semi elektr yuk maşinasi va tört örindiqli Roadster 2 elektr sportkari. Kutilişiça, Tesla rodsterining ikkinçi avlodi dunyodagi eng tez seriyali maşinaga aylanadi - Ilon Maskning aytişiça, Roadster 2 1,9 soniyada soatiga 97 kilometr tezlikka çiqadi. Hozirgi rekordçi, Porsche 918 Spyder buning uçun 0,3 soniya köproq sarflaydi. Soatiga 160 kilometr tezlikka çiqiş vaqti – 4,2 soniya, çorak milyalik masofani bosib ötiş – 8,9 soniya, deb xabar bermoqda The Verge. Mask modelning maksimal tezligini oçiqlamadi, biroq u soatiga 400 kilometrdan oşişiga işora qildi.

Bir quvvatlanişda yuriş zaxirasi ham rekordga aylanadi – 1 ming km.dan köproq. Elektrmobil hajmi 200 kVt. bölgan batareya, uçta dvigatel (bittasi oldinda va ikkitasi orqada) hamda töla uzatma bilan jihozlangan. Tesla savdolarni 2020 yilda boşlaşni rejalaştirmoqda – dunyodagi eng tez maşina narxi 200 ming dollardan boşlanadi.

Foto: Tesla/Reuters

Tesla Roadster 2’ning Kaliforniyadagi taqdimoti, 2017 yil 16 noyabr

Foto: Tesla/Reuters

Tesla rahbari Ilon Mask Tesla Semi va Tesla Roadster 2’ning taqdimoti vaqtida, 2017 yil 16 noyabr

Foto: Tesla/Reuters

Tesla Roadster 2’ning Kaliforniyadagi taqdimoti, 2017 yil 16 noyabr

Foto: Tesla/Reuters

Tesla Roadster 2’ning Kaliforniyadagi taqdimoti, 2017 yil 16 noyabr

Foto: Tesla/Reuters

Tesla Roadster 2’ning Kaliforniyadagi taqdimoti, 2017 yil 16 noyabr