Xitoyning ğarbiy qismida 18 noyabrda 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQŞ geologik xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, zilzila markazi Tibet muxtor tumanining janubidagi Ningçi okrugidan 58 km şimolda, Hindiston çegarasi yaqinida bölgan. Zilzila öçoği 10 km çuqurlikda bölgan.
Qurbonlar va vayronalar haqida ma'lumot berilmagan.
Şuningdek, Ekvadorning Guayyas viloyatida 17 noyabr keçki vaqt 6,2 magnitudali zilzila qayd qilingan.
Ma'lum qilinişiça, zilzila markazi Playas şahrida bölgan. Zilzila oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Ekvador prezidenti Lenin Moreno zilzila katta kölamli vayronagarçiliklarga olib kelmaganini ma'lum qilgan.
Viloyat hududidagi barça maktablar va kollejlarda maşğulotlar duşanbagaça qoldirilgan.











