Har bir narsaning qonuniy asosi, huquqiy kafolati bor – ba'zan ana şuni hisobga olmay pand yeymiz, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
“Navoiy invest Baho” MÇJda baholovçi mutaxassis bölib işlab kelgan Şokir Najmiddinov (ism-familiyalar özgartirilgan) birovning işonçiga kirib, uning halol pulini öziniki qilib olmoqçi böldi.
Ş.Najmiddinov ötgan yilning dekabr oylarida kim oşdi savdolariga qöyilayotgan “Matiz” rusumli avtomaşina haqida eşitib qoladi. Uning taxminiy narxini ham suriştiradi. Mazkur avtomobilning bahosi 6-7 million söm atrofida belgilangan ekan. Karmana tumanidagi örtoği Rustam Oqilovga qönğiroq qilib, “maşina kerakmi” degan taklifni örtaga taşlaydi. Rustam esa maşina xarid qiliş istagi yöqligi, biroq bir tanişi olişi mumkinligini aytadi. Şu tariqa ikkovlon tumandagi “Ayronçi” mahallasidagi xonadonlardan biriga kirib borişadi. MÇJ vakili uy egalari bölgan er-xotin Anvar va Saida Nurmatovlarga özini taniştirgaç, kim oşi savdosiga qöyilayotgan maşinaning narxi, texnik holati xususida batafsil ma'lumot beradi va uni arzon narxda sotib oliş imkoniyati borligini bod-bod takrorlab, mezbonlarning işonçiga kiradi.
Xullas, uşbu oilaning 2 mln. 200 ming, oradan 10-15 kun ötib esa yana 3 mln. 300 ming söm pulini qölga kiritadi. Pulni olgunça “Ayronçi”ga qatnagan Ş.Najmiddinov işi bitgaç, qorasini öçiradi. Şu tariqa u tört oy davomida pana-pastqamda yurib, avvaliga turli bahonalar bilan ayronçilik er-xotinni aldab yuradi. Keyinçalik ularning qönğiroqlariga ham javob bermay qöyadi. Şundan söng jabrlanuvçilar uşbu holat haqida kerakli joyga ariza bilan murojaat qiladilar. Şokir şu yilning mart oyida olgan pullarining bir qismini qaytarib berayotgan vaqtida SVOJJDLQK departamentining Karmana tuman bölimi xodimlari tomonidan uşlandi.
Sud Ş.Najmiddinovga nisbatan tegişli jazo tayinladi.












