"Mançester Yunayted" boş murabbiyi Joze Mourino Solixall şahridagi Jaguar Land Rover avtomobil konserni zavodida böldi.
Portugaliyalik mutaxassis işçi kiyimini kiyib, zavod xodimlariga avtomobil yiğişda kömaklaşdi.
«Har kim öz işining ustasi hisoblanadi. Siz juda yaxşi jamoa ekansiz, 110% kuç sarflab işlamoqdasiz. Sizlar diqqat-eʼtiborni jamlab, sifatli iş borişingiz lozim. Çunki odamlar sizlardan şuni kutmoqda. Sizlar juda muhim iş bilan band ekaningizni anglaşingiz şart» - dedi Mourino işçilarga murojaat qilib.












