Rossiya, Eron va Turkiya taşqi işlar vazirlari Turkiyaning Antaliya şahrida Suriya inqirozini muhokama qiliş uçun töplanadi. Mavlut Çavuşöğli, Sergey Lavrov va Javad Zarif uçraşuvi 19 noyabr kuni bölib ötadi. Vazirlar darajasidagi uçraşuv 22 noyabr kuni Soçida bölib ötişi rejalaştirilgan Rossiya-Eron-Turkiya sammiti avvalida tayyorgarlik vazifasini bajaradi. 

Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çavuşöğli 17 noyabrda xorijiy jurnalistlar bilan uçraşuvida Anqaraning bölğusi muzokaralar nimalar kutayotganiga oydinlik kiritgan edi. Uning sözlariga köra, Suriyadagi vaziyat uç davlat sa'y-harakatlari tufayli sönggi olti oyda sezilarli yaxşilangan. 

"Biz Rossiya bilan Halabdan boşlab hamkorlik qildik va jiddiy muvaffaqiyatga erişdik. Rossiya sözida turdi. Vaqti-vaqti bilan öt oçişi töxtatiş tartibi hukumat va muxolifat kuçlari ham buzib turibdi, - degan vazir. – Natijada biz Eronni ham kafolat beruvçi davlat sifatida Ostona jarayoniga jalb etdik. Natijasi kundek ravşan – Suriyadagi vaziyat olti oy avvalgidan ança yaxşi", - degan edi Turkiya taşqi işlar vaziri.