Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta parvoz qurilmasi Airlander 10 yerga qulab tuşdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Özidan samolyot va dirijabl gibridini aks ettiruvçi uçiş qurilmasi Bedfordşir grafligida falokatga uçradi. Guvohlarning aytişiça, qurilma havoga kötarilayotganda daraxt şoxlariga ilinib, qobiğiga şikast yetgan. Bu esa uning içidagi geliyning çiqib ketişiga olib kelgan. Airlander 10’ning 20 tonnalik kabinasi yerga qulagaç, butkul barbod bölgan.
17 noyabrda Airlander 10 ustida iş olib borayotgan Hybrid Air Vehicles qurilmani muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgandi. Qurilmani yaratiş uçun 100 mln funt sterling sarflangan.
Airlander 10 avvalboşdan AQŞ qurolli kuçlari uçun yaratilgan, biroq u ustidagi işlar yetarliça moliyalaştiriş yöqligi sababli töxtatilgandi.
Uzunligi 92 metr keladigan uçiş qurilmasi 5 km gaça balandlikka kötarila olgan va soatiga 148 km tezlik bilan harakatlana olgan. Geliy evaziga qurilma havoda 2 haftagaça qolişi mumkin edi.
Avval ham qurilma şunga öxşaş vaziyatga uçragandi: 2016 yil avgustda sinov parvozi vaqtida qurilma telegraf liniyasi ustuniga tegib ketişi oqibatida uçuvçi kabinasiga şikast yetgandi.












