NATO Turkiyaga özining raketalardan himoya tizimlarini taqdim etişdan boş tortgaç, unga işoniş ehtimolini söroq ostiga qöydi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan şunday fikr bildirdi.
"Bu kabi taşkilotga işoniş masalasi alyansning özida ham jiddiy savollarni keltirib çiqarmoqda", - deya prezident sözlarini keltiradi Anadolu agentligi. Erdöğanning qayd etişiça, mamlakat öz havo hujumidan mudofaa tizimlarini mustahkamlaş uçun Rossiyaning S-400 majmualarini xarid qiliş muzokaralarini boşlaganida NATOning yetakçi davlatlari Anqarani tanqid qila boşlagan.
Ma'lum bölişiça, 2012 yil oxirida Anqara NATOga murojaat qilib, öz hududiga raketa zarbalari berilişining oldini oliş maqsadida HHH vositalari taqdim etişi söragan edi. 2013 yil Turkiyaning janubi-şarqidagi Suriya bilan 70-100 km çegarasida Germaniya, Niderlandiya va AQŞ tomonidan 2 ta Patriot tizimi örnatilgandi.
2015 yil avgustida GFR hukumati Turkiya janubida bundesver missiyasi yakunlanganini bildirib, u yerdan Patriot batareyasi olib çiqilişini ma'lum qildi. Keyinroq, AQŞ ham öz raketa tizimlarining Turkiya hududidan olib çiqilişini bildirdi.












