Jinoyatçilikning oldini oliş va profilaktikasi tadbirlari davomida Toşkent viloyatining mahalla fuqarolar yiğinlari, ta'lim muassasalari va korxona-taşkilotlarda jamoat tartibini saqlaş, xavfsizlikni ta'minlaş, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yaşirinib yurgan qidiruvdagi şaxslarni aniqlab uşlaş borasida muayyan işlar amalga oşirildi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga Toşkent viloyati içki işlar boşqarmasi axborot xizmati.

Çunonçi, aholining pasport tizimi qoidalariga rioya etişlarini ta'minlaş, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda har bir mahalla hududida profilaktika inspektorlarini iş samaradorligini oşiriş uçun munosib turmuş şaroitlar yaratiş, jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat, tinçlik-osoyiştalik va totuvlikni qaror toptiriş kabi masalalarda uçraşuvlar ötkazildi.

Viloyat hududida 2017 yilning 9 noyabr kunidan 16 noyabr kuniga qadar ilgari sodir etilib, oçilmagan jami 12 ta, jumladan — qasddan odam öldiriş, talonçilik, bezorilik, taqiqlangan ekinlarni parvarişlaş hamda öğirlik jinoyatlari foş etildi.

Hafta davomida qidiruvda yurgan 23 nafar şaxslar uşlandi. Ular qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, bosqinçilik, bezorilik, qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxsni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş, kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, tuhmat, firibgarlik, qasddan badanga şikast yetkaziş, öğirlik jinoyatlarini sodir etib, sud va tergovdan qoçib yurgan şaxslardir.