1998 yilda tuğilgan qiz öz farzandini dunyoga keltirişi bilan Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan bino hojatxonasiga qarovsiz taşlab ketdi. Bu haqda Kun.uz'ga işonçli manba xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, asli Xorazm viloyatidan bölgan, ayni paytda Toşkentdagi Singapur menejmentlikni rivojlantiriş instituti 1-bosqiç talabasi uşbu mudhiş işga qöl urgan. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan manbaning ta'kidlaşiça, yoş ona 2017/18 yil öquv mavsumida institutga öqişga qabul qilingandi. Yangi çaqaloqning soğliği yaxşi va uning parvarişi alohida nazoratga olingan.

Toşkent viloyat prokuraturasida işlaydigan xodim uşbu hodisa yuzasidan tergov işlari boşlangani, haqiqatan şunday voqea yuz berganini tasdiqladi. Kun.uz muxbiri uşbu masalaga oydinlik kiritadi.