Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti rasman "British Council"ning ACCA va IELTS test hamkoriga aylandi.Joriy yil bahorda mazkur muassasada ACCA va IELTS imtihonlari topşiriş mumkin.

Joriy yilning 16 fevral kuni Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida TSMRI (Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti) va "British Council" örtasida hamkorlik va özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumi ta’lim sifatini oşirişda hamda yoşlarni yetuk kadr qilib yetiştirişda muhim omil ekanligi, kelgusida hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga zamin yaratişi ma’lum qilindi.

TSMRI rektori doktor Ilhom Mamatqulov va "British Council"ning Özbekistondagi direktori Denis Ueddingxem boşçiligida bölib ötgan uçraşuvda TSMRI rasmiy ravişda IELTS röyxatga oliş markazi hamda ACCA va IELTS test hamkoriga aylandi. Bu esa öz navbatida institut talabalari va xodimlari uçun bir qator imtiyozlarni taqdim etadi. Şuningdek, 2024 yilning bahoridan boşlab TSMRI kampusida ACCA va IELTS imtihonlarini ötkazilişiga kelişildi.

Reklama











