Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti va Özsanoatqurilişbank örtasida ta’lim va tajriba almaşiş sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş maqsadida memorandum imzolandi.

2024 yil 12 yanvarda TSMRI va Özsanoatqurilişbank örtasida imzolangan memorandumda özaro manfaatli hamkorlik mustahkamlandi, natijada Özsanoatqurilişbank xodimlarining bilim va malakasini oşiriş, tahliliy va boşqaruv könikmalarini rivojlantiriş böyiça qisqa va örta muddatli xalqaro öquv kurslari va rivojlangan xorijiy davlatlarda amaliyot ötaşni doimiy ravişda taşkil etişga kelişildi.

Ta’kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil

12 maydagi PF-5992-son farmoni bilan tasdiqlangan «2020-2025 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qiliş strategiyasi»ning 41-bandida «Talab eng yuqori bölgan yönalişlarda (risk-menejment, korporativ boşqaruv, loyihaviy tahlil va boşqalar) bank sohasi kadrlarining malakasini oşiriş uçun 10 ta professional dasturlar işlab çiqiş» vazifasi belgilangan.

«Özsanoatqurilişbank xodimlarini malakasini oşirişga qaratilgan qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş böyiça anglaşuv memorandumini imzoladik. Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti ilğor xorijiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda şu formatdagi qisqa muddatli öquv kurslarini, malaka oşiriş kurslarini taşkil etib kelyapti. Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, xalqaro moliya instituti ekspertlari bilan birgalikda Özsanoatqurilişbank xodimlari qisqa muddatli öquv kurslari asosida malakalarini oşirişadi. Bu kurslarning 1 haftasi Toşkentda oliygohimiz kampusida taşkil etiladigan bölsa, qolgan muddat mobaynida xorijiy mamlakatlar, jumladan, Singapur, Koreya, Germaniya va Buyuk Britaniyada taşkil etiladi. Xalqaro moliya institutlari ekspertlari bilan trening kurslarining taşkil etilişi bu nafaqat kursimizning mazmunliligini, şu bilan birga amaliyligini ham ta’minlab beradi. Qolaversa, bu kabi malaka oşiriş kurslarining taşkil etilişi, bank sohasida körsatilayotgan xizmatlar sifatini yangi bosqiçga olib çiqilişini ta’minlabgina qolmasdan, mazkur bankning xodimlariga, inson kapitaliga yönaltirayotgan eng asosiy investitsiyasi bölib xizmat qiladi», deya ta’kidlab ötdi TSMRI rektori Ilhom Mamatqulov.