Toşkent şahridagi Singapur menejmentini rivojlantiriş instituti (TSMRI)ning 500dan ortiq talabasi kursdan kursga qolgani aytilgan video yuzasidan oliygoh izoh berdi.
Qayd etilişiça, videoda Sanderlend universiteti ta’lim dasturi asosida TSMRIda bakalavr bosqiçida öqiyotgan talabalarning töplanib turgani körsatilgan. Ular “Akademik nizom talablari”ga rioya etmagani uçun qayta özlaştiriş imtihonlaridan öta olmagan, şuningdek, öquv jarayonlari bilan boğliq boşqa masalalar yuzasidan markaziy röyxatga oliş va imtihon bölimiga murojaat qilgan talabalar bölgan.
Sanderlend universiteti ta’lim tizimiga köra, talabaga fanni özlaştiriş uçun jami 4 marotaba imkoniyat beriladi. Şundan söng ham talaba fanni özlaştira olmasa, talabalar safidan çetlaştiriladi.
Institut ma’muriyatining ma’lumot berişiça, 2022-2023 öquv yilida Sanderlend universiteti ta’lim dasturi asosida 2313 nafar talaba tahsil olgan bölib, şundan 532 nafari akademik nizom talablarini qöpol ravişda buzgan (kurs işlarida me’yordan köp plagiat qayd etilişi – “plagiarism” hamda köçirmakaşlik qiliş yoki şpargalkalardan foydalaniş holati – “cheating”).
Oliygoh masala böyiça Sanderlend universiteti akademik kengaşi tomonidan har bir talaba holati individual örganib çiqilişi va akademik huquqbuzarligi tahlil qilinişini bildirgan.
“Hamkor universitetlar tomonidan olib borilayotgan örganiş natijalari töğrisida bir neça kun içida talabalarga ma’lum qilinadi. Talabalarning statuslari (fanni özlaştirganlik holati) aniq bölgunga qadar, vaqt yöqotmaslik maqsadida mazkur talabalar uçun alohida guruhlar taşkil etilib, ular tegişli fanlarga yönaltirildi. Hozir talabalar öquv jarayonlarida iştirok etyapti”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Ma’lumot uçun, institutda bir yillik öquv şartnoma tölovi 32 mln 256 ming söm. Qayta özlaştirişga qolgan talaba faqatgina qayta öqiyotgan fani uçun tölovni amalga oşiradi. Buyuk Britaniya ta’lim standartlari asosida TSMRIda öquv har yili oktyabr oyidan boşlanadi.












