18 mart kuni Özbekistondagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida Navröz bayrami tantanalari va sayli bölib ötdi. Uşbu bayramni baland ruh va katta şodiyonalar bilan nişonlaş azal-azaldan özbek xalqining gözal va tarixiy an’analaridan biri sanaladi. Endi esa Navröz bayrami sayillari xalqaro oliy ta’lim muassasalarida ham keng miqyosda ötkazilmoqda.

Universitetda taşkil etilgan bayram saylida mahalla faollari, nuroniylar, talabalar va institutning barça xodimlari iştirok etişdi. Tadbir doirasida Özbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti ijodkorlari hamda xalqimizning taniqli san’atkorlari tomonidan taşkil etilgan konsert ham bayramga öziga xos kötarinki ruhiyat bağişladi. Bundan taşqari, sport musobaqalari ham bölib ötdi. Unda iştirok etganlar sportning şaxmat, şaşka va stol tennisi yönalişlarida qizğin bahslar olib borişdi. Ğoliblar esa qimmatbaho va esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi.

Şuningdek, sayil doirasida doşqozonlarda sumalak va oş kabi özbek xalqining milliy taomlari tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi.

Xulosa qilib aytganda, özbek xalqining köp asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilişlarini özida mujassam etgan uşbu qutluğ ayyom mustaqillik yillarida mamlakatimizda yaşayotgan turli millat va elatlarga mansub barça vatandoşlarimiz uçun umumxalq bayramiga aylangan. Endi esa Navröz bayrami çet el ilmiy dargohlarida ham katta tantanalar bilan nişonlanmoqda.

Reklama