Böstonliq tuman IIBga 1980 yilda tuğilgan Malik Maratov (keltirilgan ism-familiyalar özgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 17 oktabr kuniga ötar keçasi noma'lum şaxs, atrofi sim bilan öralgan holdagi qörasi içida boqib kelayotgan qöylari orasidan narxi taxminan 3.5 million söm bölgan beş boş qöylarini öğirlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Böstonliq tumanida yaşovçi 1989 yilda tuğilgan Manzur Alibekov va 1993 yilda tuğilgan Şerbek Ğozibekovlar sodir etganligi aniqlangan. 

Uşbu holat yuzasidan ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergovni IIB olib bormoqda.