Londonda avtobuslar qahva çiqindilari asosidagi bioyoqilğidan foydalanadigan böladi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
Biobean kompaniyasining ma'lum qilişiça, işlatilgan qahva donlaridan olingan moydan iborat bölgan yoqilğini öylab topgan. Firma ma'lumotlariga köra, londonliklar yiliga taxminan 200 ming tonna qahva çiqindilarini yuzaga keltirişadi. Hisob-kitoblarga köra, bitta avtobus bir yil davomida dizel aralaştirilgan qahvali yoqilğida işlaşi uçun taxminan 2,55 mln. finjon qahva kerak böladi.
Ma'lumot uçun, Londonda ayni damda oşxona yoğidan olinuvçi bioyoqilği ham işlatib kelinmoqda.












