Zimbabve harbiy qömondonligi va “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi – Vatanparvarlik fronti” hukmron partiyasi a'zolari Robert Mugabe oilasiga tegişli mol-mulk hamda aktivlarni musodara qiliş imkoniyatini körib çiqişmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Times gazetasi xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga köra, Mugabening qarindoşlari oq fermerlardan egallab olingan juda katta yer maydonlariga egalik qiladi. Şu bilan birga, prezidentning rafiqasi Greys bu yerlarning katta qismiga Zimbabve banklaridan olingan kreditlar yordamida yirik mablağlarni yönaltirgan. Fermalar mahsuloti esa mamlakat supermarketlarida keng taqdim etiladi, deb ta'kidlamoqda gazeta. Biroq bölajak ma'muriyatda bu yerlarni davlatga qaytariş uçun asos bor, sababi ular 2005 yilda davlat mulki sifatida e'lon qilingan.

Mugabega tegişli bölgan boşqa aktivlar orasida bolalar uyi hamda ikkita xususiy maktab bor, ular “saxovatpeşa odamlar tomonidan moliyalaştirilgan”. Hukmron partiyaning yuqori mansabli köplab a'zolari esa u yerga öz farzandlarini yuborişgan va şu tariqa hukmron oilaga öz sodiqliklarini bildirib qöyişmoqçi bölişgan.

Bundan taşqari, Mugabelar oilasi Harare şimolidagi bir neçta haşamatli uyga egalik qiladi. Ulardan birida naq 25 ta yotoqxona bor. U yerda vertolyot qönişi uçun joy ham qurilgan bölib, maxsus boğ va ikkita köl barpo etilgan. Şuningdek, Greys Mugabe yarim yil muqaddam Yohannesburg yaqinidan 3,17 mln. dollarga yana bir haşamatli uy sotib olgan.