Najmiddin Qarşi şahridagi “Samarqand” şohbekatiga keldi-yu, Toşkentga jönaydigan kirakaş haydovçilarni izlab, atrofga alanglay boşladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Bir çetda turgan Jamşid uni biroz kuzatib turgaç, şundoq “mijoz”ni boşqa haydovçilar “ilib” ketmasligi uçun yugurib oldiga bordi.
- Aka, Toşkentga ketasizmi?
- Yöq, ketmayman, - dedi Najmiddin u bilan salomlaşarkan. – Poytaxtga “poçta” jönatişim kerak edi...
- Böldi, aytgan joyingizga yetkazamiz, - dedi Jamşid qat'iy. – Faqat xizmat haqini bersangiz böldi...
Najmiddinning “poçta”si 1 mln. söm pul ekan. U Jamşidga jönatma va xizmat haqi bilan birga Toşkentda pulni qabul qilib oladigan kişining telefon raqamlarini ham berdi.
Oradan maşina Toşkentga yetib boradigan muddat ötdi hamki, omonat egasining qöliga tegmadi. Najmiddin bir neça kun ötibgina firibgarga çuv tuşganini anglab, boşini çangalladi...
Toşkentga qatnaydigan haydovçilardan biri Rahimjon Mustafoyev ham birovning omonatini poytaxtga yetkaziş mas'uliyatini zimmasiga olgan edi. Mijozi Asqar Aliqulov uning qöliga 578 ming sömni sanab berib, azim şahardagi tanişiga yetkazişni söragandi. Biroq nimadir böldi-yu, Rahimjon öşa kuni yölga çiqa olmay qoldi. Boşi qotib ötirganida yoniga Jamşid yaqinlaşdi. Hozir Toşkentga ketayotganligini, agar mijozlarining “poçta”si bölsa, olib ketişi mumkinligini aytdi. Rahimjon unga mijozining pullarini tutqazib, bir taşvişdan qutulgandek yengil tin oldi. Aslida u taşvişning kattasiga tutilgan ekan. Bu ertasiga ma'lum böldi. “Hojatbaror” hamkasbining özi ham omonat bilan birga yöqolib qoldi...
Jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudida bölib ötgan sud majlisida bu “hojatbaror poçtaçi”ning qilmişlariga oydinlik kiritildi. Sudda Jamşid Ernazarov hamyurtlari bergan omonat pullarni öz ehtiyojlariga işlatib yuborganligini tan oldi. Jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qopladi.
Sud hukmi bilan Jamşid Ernazarovga oylik iş haqining 15 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 2 yil-u 6 oy muddatga axloq tuzatiş işi jazosi tayinlandi.












