Namangan şahrida 11 noyabr 1988 yilda tuğilgan Aliya Bektaşova (ism şarifi özgartirilgan) onasining uyida ruhiyatida bölgan özgariş sababli yonida uxlab yotgan öğli, 2017 yilda tuğilgan Aslan Nikitinni (ism şarifi özgartirilgan) yostiq bilan böğib öldirgan.

Şuningdek, Aliya Bektaşova şu yerda uxlab yotgan yana bir öğli, 2012 yilda tuğilgan Ramiz Nikitin (ism şarifi özgartirilgan) böyin qismiga qayçi bilan urib, söng özining böyiniga qayçi bilan urib jarohat olgan.

Natijada Aslan Nikitin voqea joyida ölgan. Ramiz Nikitin kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi va 25-, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Bu haqda 18 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Yoşlar ijod saroyi»da Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Qahramon Quronboyev raisligida ötgan videoselektor yiğilişida ma'lum qilingan. Yiğilişda 15 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida ötkazilgan videoselektorda kötarilgan masalalar tahlil qilingan. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasidagi kamçiliklar tumanlar negizida tanqidiy örganildi.