«Davlat organlari tadbirkor tayançi: korrupsiyaga yöl yöq!» Samarqand viloyati davlat soliq boşqarmasida huquq-tartibot idoralari, jamoat taşkilotlari vakillari hamda soliq organlari xodimlari va tadbirkorlik sub'yektlari vakillari iştirok etgan oçiq muloqot şaklida ötkazilgan tadbir şunday nomlandi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat davlat soliq boşqarmasining jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi.
Joriy yilning 28–29 sentabr kunlari Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi B.Parpiyev Samarqand viloyati fuqarolari bilan ötkazgan «Sayyor qabul» uçraşuvlarda 585 nafar fuqaroning 93 ta murojaati röyxatga olingan edi. Mazkur murojaatlardan 12 tasi korrupsiya holatlari böyiça, 2 tasi esa tizim xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan berilgan oğzaki hamda yozma murojaatlari hisobiga töğri keladi.
Uşbu holatlar yuzasidan xizmat tekşiruvlari ötkazilib, töplangan hujjatlar qonuniy körib çiqiş uçun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Darhaqiqat, mamlakatimizda tadbirkorlarga har tomonlama qulay şaroitlar yaratib berilmoqda. Ammo ba'zi tadbirkorlar qonuniy faoliyat yuritişdan köra, qonunni çetlab köproq foyda körişga urinişadi. Buning uçun davlat soliq xizmati xodimlarini pora evaziga sotib olişga harakat qilişadi. Ba'zi xodimlar esa tadbirkorlarning öz haq-huquqlarini yaxşi bilmasliklaridan foydalanib tamagirlik qilişga harakat qilişadi. Bundan körinib turibdiki, korrupsiya holatlari turli sabablar va holatlarda vujudga keladi.
Tadbirda soliq tölovçilar va davlat organlari xodimlari, xususan, davlat soliq xizmati organlari xodimlari örtasida korrupsiya, poraxörlikka oid holatlarning yuzaga kelişining oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida töxtalib ötildi. Tadbirga taklif etilgan sud, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, tegişli taşkilotlarning xodimlari va tadbirkorlik sub'yektlari vakillari bilan birgalikda davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş va ularga çek qöyiş masalasini muhokama etişdi. Mazkur illatga oid huquqbuzarliklar uçun javobgarlik prinsipini ta'minlaş, har bir jinoiy harakat va harakatsizlik uçun jazoning muqarrarligi tuşuntirib ötildi.

Mamlakatimizda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik beriş uçun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Endilikda tadbirkorlar faoliyatiga aralaşuvlar tubdan qisqaradi. Bu sohada huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinişini ta'minlaş, ularning profilaktikasi samaradorligini oşiriş va huquqbuzarliklarga yöl qöyilmaslik davlat organlarining birinçi darajali vazifasi sifatida belgilanganligi haqida ham tuşunça berildi.












