Rahbarlar iş kuni davomida özlarini qanday tutişlari butun kompaniya muvaffaqiyatiga ta'sir körsatadi.

Olimlar olti davlatdan bölgan mingdan ortiq rahbarlarni sörovdan ötkazişdi. Ularning maqsadi bu rahbarlar iş kuni davomida nimalar qilişi hamda ularning xatti-harakati kompaniya yutuği va muvaffaqiyatsizligiga qanday ta'sir körsatişini aniqlaşdan iborat bölgan.

CEO Behavior and Firm Performance sörovi natijalariga köra, kun davomida vaqt şunday taqsimlanadi:

•  56% — uçraşuvlar va yiğilişlar;
•  26% — rejalaştiriş, poçta orqali muloqot va boşqa şunga öxşaş işlar;
•  10% — şaxsiy masalalar;
•  8% — safarlar.

Şuningdek, tadqiqotçilar bu vaqt aynan nimaga sarflanişini ham örganib çiqişdi. Ma'lum bölişiça, rahbarlarni xatti-harakati böyiça ikki guruhga ajratiş mumkin: yetakçilar va menejyerlar.

Menejyerlar köproq işlab çiqariş-sotiş zanjiridagi xodimlar bilan işlaydi, mijozlar hamda yetkazib beruvçilar bilan uçraşadi. Yetakçilar esa asosan yuqori turuvçi rahbarlar va taşqi manfaatdor tomonlar bilan muloqot qiladi, rejalaştirişga köp e'tibor beradi.

Birinçi guruhdagilar odatda kiçik korxonalarga rahbarlik qilsa, ikkinçilar yirikroq va murakkab tuzilmaga ega kompaniyalarni boşqaradi.

Olimlar rahbarlar «turi»ni kompaniya moliyaviy körsatkiçlari bilan taqqoslab şunday xulosaga kelişdiki, yetakçilarning kompaniyalari muvaffaqiyatliroq va serdaromad bölgan.

Şuningdek, tadqiqotçilar yangi rahbar tayinlangunga qadar va undan keyingi ma'lumotlarni taqqoslaşdi. Ma'lum bölişiça, yetakçi rahbar paydo bölganidan söng kompaniyaning sermahsulligi ham oşadi. Samara uç yildan söng paydo böladi, bu esa yetakçilar kompaniyani özgartiriş uçun haqiqatdan ham köp harakat qilişlaridan dalolat beradi.

Albatta, rahbarning iş kunini qanday ötkazişi, kompaniya faoliyati va uning hozirgi ahvoliga boğliq. Inqiroz vaqtida öta muhim könikmalar kerak bölsa, barqaror rivojlanişda – umuman boşqa.

Kiçik kompaniyada yetakçi-rahbar bölişi qörqinçli emas, ammo aks holdagi vaziyat esa yirik zarar keltirişi mumkin. Rahbar-menejyerlar kompaniyaning hozirgi faoliyatiga köproq e'tibor qaratadi hamda aksariyat vaqtda mikromenejment bilan şuğullanadi.