Özbekiston professional futbol Ligasi ijroiya qömitasining qaroriga köra, futbol böyiça Oliy liga musobaqasi kelasi mavsumdan boşlab «Özbekiston Superligasi» deb ataladigan, Birinçi liga esa «Özbekiston PRO-ligasi» deb nomlanadigan böldi. Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar berdi.
Rasmiy xabarga köra, Özbekiston Superligasida jami 12ta jamoa iştirok etadi. Törtta davradan iborat musobaqada jami 38ta tur öyinlari bölib ötadi. 12ta jamoa uç davrada 33 ta tur ötkazgaç, ikki guruhga bölinişadi. Ya'ni 1–6 örinlarni egallagan jamoalar çempionlik uçun, 7–12 örinni egallagan jamoalar esa Superligada qoliş uçun yana 5ta tur ötkazişadi.
38-turdan söng oçkolar böyiça 1-örinni egallagan jamoa çempionlikka erişadi. 12-örinni egallagan jamoa PRO-ligaga tuşib ketadi. 11-örinni egallagan jamoa esa PRO-ligada 2-örinni qölga kiritgan jamoa bilan ikkita pley-off uçraşuvini ötkazadi. Ğolib jamoa Superligada iştirok etiş huquqini qölga kiritadi.
Özbekiston PRO-ligasida 16ta jamoa iştirok etadi. Ikkita davradan iborat musobaqada jami 30 uçraşuv bölib ötadi. 1-örinni egallagan jamoa Superliga yöllanmasini qölga kiritadi. 2-örin egasi esa Superliganing 11-örindagi jamoasi bilan uy-safar tizimida ikkita pley-off uçraşuvini ötkazadi.
Bir qaraşda hammasi oddiy va tuşunarli. Lekin çuqurroq yondaşilsa, Ijroiya qömita 12talik çempionat ötkazişning mavjud tajribalaridan foydalanmasdan, eng adolatsiz yölni tanlaganini anglab oliş qiyin emas. Buni xuddi töğri va tekis yöl turganda, «betonka»ni aylanib kelişga mengzaş mumkin. Bundan muddao ne? «Tekis yöl»dagi svetoforlarning «qizil» çiroğiga çap berişmi?
Oçiği, bunday tarzda ötkaziladigan milliy çempionatda taşkilotçilarda qaysidir jamoaga yon bosiş va korruptsion sxemalar vujudga keliş uçun yaxşigina şaroit bor.
Keling, bu holni doimo yuqori maqsadlarni közlovçi «Paxtakor» klubi misolida tuşuntirişga harakat qilib köray.
Aytaylik, 1-2 davralarda uy-safar tizimida 22ta uçraşuv ötdi. «Paxtakor» 11 marta öz uyida, 11 marta safarda töp surdi.
3-davrada yana 11ta uçraşuv bölib ötadi. Ularning ayrimlari uyda va ayrimlari safarda böladi. Garçi J.Koreyada çempionat şu tarzda taşkillaştirilayotgan bölsa-da, bunda ham tenglik prinsipi yöq aslida. Çunki misolimizdagi «Paxtakor» 3-davrada 6ta marta öz uyida, 5 marta safarda töp suradi, va aytaylik, yuqori oltilikdan joy oladi.












