Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev «Qirğiziston Respublikasi Mehnat kodeksiga özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident devonining axborot siyosati bölimi xabar bergan.

Uning ma'lumotlariga köra, qonun «XX asrning birinçi yarmidagi muhim tarixiy hodisalarga 7 va 8 noyabrni dam oliş kunlari – Ajdodlar xotirasi va tarixi Kunlari sifatida aniqlaş yöli bilan obektiv tarixiy baho beriş maqsadida» qabul qilindi.

Qirğiziston hukumatiga tegişli qonunçilik aktlarini uşbu qonun bilan muvofiqlaştiriş topşiriği berildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Almazbek Atamboyev özining tilla soatini jurnalistga hadya qilgani xabar berilgandi.