Xitoyning Guansi-Çjuan muxtor tumanidagi Xuantszyan-Maonan muxtor okrugida joylaşgan Vey mis barabanlarni quyiş zavodida dunyodagi eng yirik mis baraban yasaldi, deb xabar qilmoqda «Jenmin jibao» gazetasi.

Mis barabanning diametri 6.68 m, balandligi – 2.86 m, oğirligi - 50 tonnani taşkil etadi. Şu tariqa u dunyodagi eng yirik barabanga aylandi. Yirik ölçamdagi musiqa asbobi san'at ustasi va hunarmand Vey Tsiçu tomonidan işlab çiqildi.

Asbob ustida 30 kişi 7 oy davomida işlagan. Uni quriş işlari esa 10 noyabr kuni yakunlandi.

Foto: China News
Foto: China News