AQŞning The Weather Channel kanali operatori Atlantadagi Georgia Dome stadionining buzilişi joyidan jonli translyatsiya olib borayotganda eng muhim lahza – stadionning buzilib tuşişi vaqtida uning oldini avtobus tösib qöygan.
Operator bu holatdan aççiqlanib, içidagi bor ğazabini “tökib-soçgan”.
“Yöq, avtobus! Nariga yöqol! Avtobus! Lan'ati! Yöldan qoç, avtobus! Sen... Sen.. Sen... Aaaa! Jin ursin! Jin ursin!”, deb sökinib ketgan operator.
Avtobus bir neça soniya turgaç, yölini davom ettirgan. Kadrga stadionning buzilgandan keyingi körinişigina tuşgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik foydalanuvçilar eng muhim lahzani ötkazib yuborgan operatorni qöllab-quvvatlaşgan.
“Iltimos, bu operatorni işidan böşatmang! U axir çindan ham bir onga bölsa ham yana Amerikani birlaştirdi”, deb yozgan Shawn in Daytona nikli foydalanuvçi.
“The Weather Channel operatori, qor ham, yomğir ham va hattoki avtobus ham sizning reportajingiz qiymatini tuşira olmaydi”, deb yozgan Beverly.
Ba'zilar esa suratga oliş rakursi notöğri tanlanganini aytişgan, axir trassadan istalgan vaqtda transport vositasi ötişi mumkinligi kunday ravşan narsa edi.
Georgia Dome stadioni 1992 yilda 214 mln dollarga qurilgan. 25 yildan keyin uning yonida zamonaviy stadion barpo etilgan, Georgia Dome‘ni esa 2 tonna portlovçi modda bilan buzib taşlaşga qaror qilingan.












