BMTning inson huquqlari böyiça Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynning ma'lum qilişiça, serbiyalik general Ratko Mladiçga çiqarilgan hukm «adolatning tarixiy ğalabasidir». Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar bermoqda.
Al-Husaynning sözlariga köra, Mladiç «yovuzlik timsoli» bölib, «Yevropa Ikkinçi jahon uruşidan söng körmagan şafqatsiz jinoyatlar» uçun javobgardir.
«Mladiçga berilgan jazo oilalarga ularning yaqinlarini qaytarmaydi hamda avvalgi hodisalarni özgartira olmaydi, biroq men çuqur işonamanki, hukm bu dahşatli jinoyatlarni rad etayotgan yoki ularni sodir etganlarni madh qilayotganlarning ovozini öçira oladi», - deya aytib ötdi u.
Eslatib ötamiz, Haaga tribunali 75 yoşli Ratko Mladiçni Bosniyada sodir etgan jinoyatlari, xususan Srebrenitsa şahrida bosniyalik musulmonlarning ommaviy öldirilişi uçun umrbod ozodlikdan mahrum etdi.












