AQŞ prezidenti Jon Kennedining öldirilişi bilan boğliq yana 10 mingga yaqin hujjat e'lon qilingani haqida xabar qilingan edi. Uni tahlil qiliş çoğida ma'lum bölişiça, öşa vaqtlarda Amerika yuqori doiralarida SSSRga uruş oçiş uçun soxta hujum uyuştiriş rejalaştirilgan. 

Oktyabr oyida oşkor qilingan minglab hujjatlardan birida 1962 yil 22 martida bölib ötgan yiğiliş haqida yozilgan. Majlisda öşa vaqtdagi prezident Kennedining ukasi, AQŞ boş prokurori Robert Kennedi Qöşma Ştatlar Sovet ittifoqining harbiy samolyotlarini xarid qilişi yoki uning nusxalarini işlab çiqişi zarur, degan fikrni bildirgan. Majlisda MiG-17, MiG-19 va Il-14 samolyotlari muhokama qilingan. 

Amerikaning 6 dona, uzoqdan MiG-17 samolyotiga öxşaş samolyotlarni işlab çiqariş 3,5 mln. dollarga baholangan. MiG-19 nusxasi 26-44 mln. dollar bölişi hujjatda qayd etilgan. Amerika yasagan bu kabi samolyotlarni mutaxassis bölmagan kişi adaştirişi va Sobiq ittifoqqa tegişli ekanini aytişi ta'kidlangan. Aynan öxşaş samolyotlarni işlab çiqiş imkonsiz ekani aytilgan bölsa, Il-14 samolyotini işlab çiqiş “favqulodda murakkab va vaqtni köp talab qiladi”, deya ta'riflanadi. 

Markaziy razvedka boşqarmasi esa, uça olmaydigan original Sovet samolyotlarini qölga kiritiş yoki ularni Varşava şartnomasiga a'zo bölmagan davlatlardan xarid qilişni taklif qilgan. Hujjatda, şuningdek, “sovet” samolyotlaridan foydalanişning 3 ta ssenariysi haqida söz boradi. Xususan, ularni duşman harbiylarini havoda çalğitiş yoki duşman inşootlariga zarba beriş, yo bölmasa AQŞning SSSRga hujum qilişiga asos sifatida sovet samolyotining Amerikaga hujumini uyuştirişda qöllaş nazarda tutilgan.