Koreya Respublikasida Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinçi yili haqida koreys tilida “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev” nomli kitob çop etildi.

Foto: Prezident taşrifini yoritiş böyiça matbuot markazi

Prezident matbuot markazi ma'lumot berişiça, 20 noyabr kuni naşr etilgan uşbu kitob 8 bölimni öz içiga olgan 320ta sahifa va köplab suratlardan iborat bölib, 50 ming nusxada çop etildi.

Naşrda Şavkat Mirziyoyevning avval Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi, söng Prezident lavozimidagi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berilgan. Prezidentning Özbekiston va xorijda sözlagan nutqlaridan, jumladan, inauguratsiya marosimida, Konstitutsiya bayramida, BMT Boş assambleyasidagi nutqidan hamda  yangi yil bayrami tabrigidan iqtiboslar keltirilgan.

Kitobda Prezident Mirziyoyev taşabbusi bilan barça  sohalarda boşlangan juda muhim islohotlarning tahliliga katta e'tibor qaratilgan.  Iqtisodiyotning liberallaşuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va himoyalaş böyiça aniq çora-tadbirlar, valyuta bozorini liberallaştiriş, aholining ijtimoiy himoyasi, mamlakat viloyatlariga nisbatan yangi siyosat, söz erkinligi va konstitutsiyaviy huquq tamoyillarini himoya qiliş, jamiyatda kuzatilayotgan umumiy demokratlaştiriş va liberallaşuv, bularning barçasi Prezident Mirziyoyev taşabbusi bilan boşlangan yangi islohotlarning dastlabki  natijalaridir.

Kitobning “2017-2021 yillarda Özbekistonni rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi” nomli bobini muallif katta qiziqiş bilan alohida tahlil qilgan.

Şuningdek, Özbekiston Prezidentining taşqi siyosatdagi mintaqaviy hamkorlikning yangi impulsiga turtki bölgan, Özbekistonning qöşni davlatlar bilan aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqqan taşabbuslari haqida söz boradi. Ötgan bir yil davomida Prezident Mirziyoyevning xorijiy davlatlarga taşrifi, Özbekistonga taşrif buyurgan bir neça davlat rahbarlari hamda nufuzli xalqaro taşkilotlar yetakçilari bilan bölib ötgan muzokaralari haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Şu kunlarda koreys diasporasining Özbekistonda istiqomat qilayotganiga  80 yil tölmoqda va bu sana mamlakatimizda keng nişonlanmoqda.  Kitob muallifi Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida gumanitar sohada uzoq yillardan buyon  davom etayotgan mustahkam döstona munosabatlarni çuqur hayajon bilan hikoya qiladi.

Kitobda Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi köp yillik muvaffaqiyatli savdo-iqtisodiy hamkorlikka ham keng örin berilgan.

Quyida kitobdan bir neçta iqtiboslarni e'tiboringizga havola etamiz:

“...2016 yil 31 dekabr...Bu kun Özbekiston fuqarolari uçun  hayajonli va  unutilmas böldi.Odatda, yangi yil arafasida nafaqat bolajonlar, balki  kattalar ham özgaça kayfiyatda böladilar.

… Bayram dasturxonini tayyorlaş bilan band bölgan bir paytda har bir inson ötayotgan yil sarhisobini xayolidan ötkazadi. Köz oldida surat va raqamlarda yilning eng muhim va asosiy voqealari ötadi. Va asta-sekin yangi yilga reja va hisob-kitoblar qilinadi. Yangi umidlar, yangi orzular paydo böladi. Xöş, özbekistonliklar uçun ötayotgan yilning sönggi kuni nimasi bilan özgaça böldi?

Baland ovozlar bilan soat tunggi ön ikkiga  qönğiroq urişidan bir neça daqiqa oldin mamlakat tarixida birinçi bor televideniye orqali yangi yil tabrigi bilan xalqqa Özbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Şavkat Mirziyoyev yuzlandi. Atrofda çiroyli yaşil arçalar, Muhtaram Prezident Senatning qordek oppoq binosi fonida Özbekiston xalqini bayram bilan qutladi. Yulduzli, musaffo osmon, oy yarqirab turar edi. Prezident ikki tilda, özbek va rus tillarida samimiyat va işonç bilan xalq qalbiga juda yaqin bölgan tuyğular haqida gapirdi. U qoğozdan öqimadi, u xalqqa samimiy murojaat qildi. Butun mamlakat, butun xalq televizorga yuzlandi. Uylarda sokinlik hukm surar edi. Axir, tarixda bunaqasi heç qaçon bölmagan edi...”

Kitob - Inçxon oliy maktabi va Koreya xorijiy tillar instituti bitiruvçisi ÇoÇolXyon tomonidan yozilgan. 1989-1995 yillarda Koreya televideniye, radioeşittiriş va kommunikatsiya uyuşmasida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. 2003-2016 yillarda “OnbookTV” koreys telekanalining raisi lavozimida işlagan. Noşirlik va adabiyot mavzularida hujjatli filmlar, bir neçta roman va esselar muallifi.

Kitob Koreya Respublikasida OAV sohasidagi yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötgan “UzKorEconomyMediaGroup” tomonidan çop etilgan.