Xalqaro tadqiqotçilar guruhi ilk klonlaştirilgan itni irsiy öxşaş bölgan hayvonlar bir xil taqdirli bölişi yoki yöqligini aniqlaş maqsadida qayta klonlaşgan. 

Seul milliy universiteti, Miçigan ştati universiteti va Illinoys universiteti olimlari Scientific Reports jurnalida uşbu tadqiqotga doir maqola e'lon qilişdi. Guruhning ma'lum qilişiça, ular haqiqiy itni klonlaşganda, klon hayvonning yaşab ketiş qobiliyati va uning qariş jarayoni va tuğma nuqsonlarga qançalik çalinişi mumkinligini aniqlaşni maqsad qilişgan. 

2005 yili Toy nomli afğon köppagi klonlaştirilgan edi. Seul milliy universiteti olimlari Toy hujayralarini urğoçi donor tuxum hujayralariga joylaştirib, keyinroq uni donor it uterusiga joylaştirişgandi. 

Uşbu tadqiqot natijasida dunyoga kelgan Snupi Seul milliy universitetida yaxşi va soğlom hayot keçirdi va ön yoşga kirganida saratondan halok böldi. Klon uçun namuna olingan Toy ham 12 yoşida saratondan ölgan edi. 

Snupi 5 yoş bölganda tadqiqotçilar uning hujayralaridan olişdi va 94 ta homilani implantatsiya qilişda foydalanişdi. Buning natijasi ölaroq 4 kuçuk dunyoga kelgan. 

Ular tuğilganidan 4 kun ötgaç bittasi nonormal diareyadan halok bölgan. Qolgan 3 kuçuk maqola yozilayotgan vaqtda 9 oylik bölib, soğlom hayot keçirayotgan edi. Tadqiqot natijasi esa, klon itning klonlari 7 yoşga kirganida e'lon qilinmoqda.