Bugun, 22 noyabr kuni soat 21:00 atrofida taniqli kino va teatr aktyori Şuhrat Nuraliyev 37 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu ma'lumotni KUN.UZ’ga Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Madaniyat vazirligidagi manbalar tasdiqladi.

Aktyor Endokrinologiya institutiga yotqizilgaç, ma'lum vaqt komada böldi. Lekin u öziga kelmay jon berdi.

Bundan avvalroq KUN.UZ naşrining aktyor vafoti haqida öz manbalariga asoslanib tarqatgan xabari marhumning yaqinlari tomonidan rad etilgan, bu holat boşqa naşrlarning istehzoli munosabatlarini keltirib çiqargandi. 

Şuhrat Nuraliyev 1980 yil 5 noyabr kuni tavallud topgan. Mannon Uyğur nomidagi Toşkent davlat san'at institutini tamomlagan.

Marhum ijodkor xalqimizga Özbek Milliy akademik drama teatridagi rollari bilan tanilgan. Şuningdek, Nuraliyev «Osmondagi bolalar», «Devona», «Ulfatlar-2», «Yangi boy», «Sevginator-2», «Zarb» kartinalaridagi takrorlanmas obrazlari bilan tomoşabinlar mehrini qozongan edi. Bundan taşqari, Nuraliyev 5 ta filmni rejissyor sifatida suratga olgandi. 

Marhum sönggi paytlarda «Jassar teatr şou» xususiy teatrida boş rejissyor sifatida işlab kelayotgandi. 

Şuningdek, Şuhrat Nuraliyev Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning jamoasida badiiy rahbar sifatida ham faoliyat yuritib kelgan. 

KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.