Zimbabvening sobiq moliya va iqtisodiy rivojlaniş vaziri Ignasius Çombo politsiyaga topşirildi. U avvalroq harbiylar tomonidan qamoqqa olingandi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi siyosatçining qarindoşiga tayangan holda.

Uning sözlariga köra, sobiq vazir hibsda saqlaniş paytida harbiylar tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Mamlakat huquqni muhofaza qiliş idoralari vakili Çeriti Çaramba esa bunday ma'lumotlarga ega emasligi haqida ma'lum qildi.

Reuters ma'lumotlariga qaraganda, Çombo mamlakatning 93 yoşli sobiq prezidenti Robert Mugabe rafiqasi Greysga yaqin bölgan. Mugabe xonim esa sobiq vitse-prezident Emmerson Mnangagvaning asosiy siyosiy raqibi edi. Aynan Mnangagvaning egallab turgan lavozimidan 6 noyabr kuni ozod etilişi tufayli harbiylar qat'iy harakatlarni boşlab yuborişdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mugabelarning mulki musodara etilişi mumkin ekani xabar berilgandi.