Saudiya Arabistonida korrupsiyada ayblangan şahzodalar va milliarderlarning aksariyati öz mablağlarining bir qismini ozodlikka çiqiş evaziga berişga rozi bölişdi. Bu haqda valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud The New York Times’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

Valiahd şahzodaning jurnalistlarga aytişiça, mamlakatda korrupsiya muammosi juda keskin turgan. 2015 yilda hukumat «eng tepadagi» poraxörlik böyiça kerakli dalillarni qidirib topişga qaror qildi. Yakunda taxminan 200 kişining ismi kiritilgan röyxat paydo bölgan.

«Biz ularga özimizda bölgan barça hujjatlarni körsatdik, hamda, ular hujjatlar bilan tanişib çiqqaç, 95 foizi vaziyatga sudga qadar yeçim topişga rozi böldi», - deya aytib ötdi valiahd şahzoda.

Bu şahzodalar va milliarderlar öz mablağlarining bir qismini yoki tegişli kompaniyalardagi uluşlarini ozodlikka çiqiş evaziga berişga rozi bölganliklarini anglatadi. Korrupsiyada ayblanganlarning yana 1 foizi yakunda aybsiz deb topilgan bölsa, 4 foizi buni sudda isbotlaş niyatida, deya aytib ötdi u.

Muhammad bin Salmon Ol Saudning baholaşiça, Saudiya Arabistoni ğaznasiga hammasi bölib taxminan 100 mlrd. dollar yiğişning uddasidan çiqilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Saudiyaning mudofaa tizimini tezkorlik bilan mustahkamlamoqçi ekani xabar berilgandi.