AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Saudiya Arabistonining raketalarga qarşi mudofaa tizimini tezkorlik bilan mustahkamlaş uçun yöllar qidirmoqda. Bu haqda Qöşma Ştatlarning The Wall Street Journal naşrida e'lon qilingan maqolada aytiladi.
Naşr manbalari ma'lumotiga köra, Vaşington mintaqadagi vaziyatga yeçim topiş böyiça öz sa'y-harakatlarini faollaştirdi. Bunga Saudiya Arabistonida şahzodalar va rasmiy şaxslarning hibsga olinişi, “Livan boş vazirining Ar-Riyodga taşrifi vaqtidagi şubhali iste'fosi” hamda “Yamanda Tehron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi isyonçilarning Eronda işlab çiqarilgan raketaning uçirilişi” sabab bölgan.
Maqolada aytilişiça, “Tramp ma'muriyati Livandagi siyosiy noaniqlikdan çiqişga erişmoqçi, bu AQŞ va Saudiya Arabistoni Vaşington mintaqadagi eng asosiy tahdidlar sifatida qabul qiluvçi masalalarga bor e'tiborini qaratişi uçun kerak. Masalalar orasida esa Eron tomonidan Yaqin Şarqdagi ittifoqçilariga eng yangi qurollarni yetkazib beriş ham bor”.
Naşr ma'lumotlariga köra, Vaşingtonda, xususan, “Saudiya Arabistoni özini kelajakdagi istalgan raketa zarbalaridan himoya qiliş uçun imkoniyatlarga ega bölişini kafolatlaşga” harakat qilişmoqçi. Maqolada aytilişiça, Tramp ma'muriyati Ar-Riyod tomonidan qiymati 15 mlrd. dollarga qadar bölgan raketalar, uçiriş tizimlari va radiolokatsiya qurilmalarini sotib olinişiga ruxsat berdi. Bu kelişuvning bajarilişi, The Wall Street Journal manbalari sözlariga köra, Yamanning Ar-Riyod tomon raketa uçirgani tufayli yanada tezlaşişi mumkin.

















