Qirğiziston Respublikasi Jalolobod şahar deputatlari Kengaşi va nihoyat şahar meri kim bölişini aniqlab olişdi. Payşanba kuni ötkazilgan sessiyada yangragan e'longa köra, Salaydin Avazov şahar meriyasini boşqaradi.

24.kg naşrining yozişiça, «Iygilik» koalitsiyasi nomidan nomzodi ilgari surilgan Avazov raqobatçisi Mayrambek Adilbekovdan ustun kelgan. Mazkur sessiyada 31 nafar deputat iştirok etdi.

Yiğiliş söngiga qadar, Mayrambek Adilbekov öz xohişiga köra, nomzodini qaytarib olişga qaror qilgan. Şunday qilib, Salaydin Avazovni qöllab 30 nafar deputat ovoz berdi, deyiladi xabar matnida.

Eslatib ötamiz, 2016 yil dekabr oxirida şahar merini saylaş jarayoni muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Şundan söng, uçta yirik siyosiy partiya koalitsiya taşkil qilib, mandat asosida iş körib kelgan.