Zimbabve harbiylarining aytişlariça, mamlakatning sobiq prezidenti Robert Mugabe va uning rafiqasi Greys Mugabe jinoiy ta'qib qilinişdan daxlsizlik bilan ta'minlanadilar. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Şuningdek, ularga mamlakatda qolişga ruxsat beriladi.
Zimbabve qurolli kuçlar vakili, polkovnik Overson Mugvizining aytişiça, Mugabe bilan u va uning rafiqasi uçun daxlsizlik va xavfsiz qoliş kafolati berilişini öz içiga olgan bitim tuzilgan.
Ta'kidlanişiça, Mugabe harbiylar hokimiyatni qölga olganlaridan keyin ular bilan bir hafta muzokara olib borgan.













